TO'LOVLARNI QABUL QILISH XIZMATLARI KO'RSATISH TO'G'RISIDA SHARTNOMA № ________
Andijon sh., 25.10.2026
SDMSYS (SM PAY platformasi egasi), bundan buyon «Ijrochi» deb yuritiladi, bir tomondan, va __________________ (Jismoniy shaxs), __________________ timsolida, bundan buyon «Mijoz» deb yuritiladi, ikkinchi tomondan, birgalikda «Tomonlar» deb ataluvchilar quyidagilar haqida ushbu shartnomani tuzdilar.
1. Shartnoma predmeti
1.1. Ijrochi Mijozning __________ tizimi orqali sotiladigan tovar, ish va xizmatlar uchun xaridorlardan to'lovlarni Ijrochi ulagan to'lov tizimlari (Click, Payme, Alif, Paynet va boshqalar) orqali qabul qilish, hisobini yuritish va Mijozga o'tkazib berish xizmatini ko'rsatadi.
1.2. Mijoz xizmatdan SM PAY API, to'lov sahifasi va QR kod orqali foydalanadi hamda Ijrochi belgilagan tarif bo'yicha haq to'laydi.
2. To'lovlar va hisob-kitob tartibi
2.1. Xaridorlar to'lagan mablag' Ijrochining to'lov tizimlaridagi hisobiga tushadi va Mijozning SM PAY kabinetidagi balansida aks ettiriladi.
2.2. Har bir to'lov tushgandan keyin kamida 24 (yigirma to'rt) soat davomida mablag' «kutilmoqda» holatida turadi. Bu muddat to'lovni bekor qilish, qaytarish va shubhali operatsiyalarni tekshirish uchun zarur.
2.3. Kutish muddati tugagan mablag' Mijoz so'rovi bo'yicha Mijoz ko'rsatgan bank kartasi yoki hisob raqamiga o'tkaziladi. O'tkazma ushlab qolingan xizmat haqi chegirilgan holda amalga oshiriladi.
2.4. Xizmat haqi miqdori Mijozning tarif rejasida belgilanadi va kabinetda ko'rsatiladi. Tarif o'zgarishi haqida Ijrochi kamida 10 kun oldin xabar beradi.
2.5. Xaridorga pul qaytarilgan (refund) yoki to'lov tizimi tomonidan bekor qilingan holatlarda tegishli summa Mijoz balansidan chegiriladi.
3. Mijozning majburiyatlari
3.1. Faqat qonuniy tovar, ish va xizmatlar uchun to'lov qabul qilish. Quyidagilar uchun xizmatdan foydalanish qat'iyan taqiqlanadi:
- litsenziyasiz faoliyat, qimor va tavakkalchilikka asoslangan o'yinlar, kazino, bukmekerlik;
- giyohvand, psixotrop moddalar, qurol-yarog' va boshqa muomaladan chiqarilgan narsalar;
- jinoiy yo'l bilan topilgan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish;
- firibgarlik, moliyaviy piramidalar, uchinchi shaxslar nomidan ularning roziligisiz to'lov qabul qilish;
- O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlangan boshqa har qanday faoliyat.
3.2. Arizada ko'rsatilgan faoliyat turi va tizimni Ijrochining roziligisiz o'zgartirmaslik.
3.3. Ijrochi so'ragan hujjat va ma'lumotlarni (shaxsni tasdiqlovchi hujjat, ro'yxatdan o'tganlik guvohnomasi, sotilgan tovar/xizmat to'g'risidagi ma'lumot) 3 ish kuni ichida taqdim etish.
3.4. Xaridorlarga tovar va xizmatlarni to'liq va o'z vaqtida yetkazib berish, ularning shikoyatlarini o'zi hal qilish.
3.5. API kalitlari, login va parolni maxfiy saqlash. Ular orqali amalga oshirilgan barcha harakatlar uchun Mijoz javobgar.
3.6. Soliq va boshqa majburiy to'lovlarni qonunchilikka muvofiq o'zi to'lash.
4. Ijrochining huquq va majburiyatlari
4.1. Xizmatni uzluksiz ko'rsatishga harakat qilish, rejali texnik ishlar haqida oldindan xabar berish.
4.2. Mijoz balansini, to'lovlar va o'tkazmalar tarixini kabinetda ko'rsatib borish.
4.3. Shubhali operatsiyalar aniqlanganda, shartnomaning 3-bo'limi buzilganda yoki to'lov tizimlari talabi bilan Ijrochi Mijoz hisobini va balansdagi mablag'ni tekshiruv tugaguniga qadar vaqtincha to'xtatib turishga haqli.
4.4. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda Ijrochi vakolatli davlat organlariga ma'lumot taqdim etadi.
4.5. Ijrochi xaridorlarning bank karta ma'lumotlarini saqlamaydi — ular faqat to'lov tizimlari tomonida qayta ishlanadi.
5. Shaxsga doir ma'lumotlar
5.1. Mijoz arizada va kabinetda taqdim etgan shaxsga doir ma'lumotlar (shu jumladan hujjat nusxalari va yuz rasmi) faqat shaxsni tasdiqlash, shartnomani bajarish va qonun talablarini bajarish maqsadida qayta ishlanadi hamda O'zbekiston Respublikasi hududidagi serverlarda saqlanadi.
5.2. Mijoz ushbu shartnomani imzolash orqali o'z ma'lumotlarini shu maqsadlarda qayta ishlashga rozilik beradi.
6. Javobgarlik
6.1. Tomonlar o'z majburiyatlarini bajarmaganlik uchun O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo'ladi.
6.2. Mijoz 3.1-bandni buzgan taqdirda Ijrochi shartnomani bir tomonlama bekor qilishga, hisobni yopishga va bu haqda vakolatli organlarga xabar berishga haqli. Bunda yetkazilgan zarar (jarimalar, to'lov tizimlari sanksiyalari) Mijoz tomonidan qoplanadi.
6.3. Ijrochi to'lov tizimlari, banklar va aloqa provayderlarining nosozliklari sababli yuzaga kelgan kechikishlar uchun javobgar emas.
7. Shartnoma muddati va bekor qilish
7.1. Shartnoma Tomonlar imzolagan kundan kuchga kiradi va muddatsiz amal qiladi.
7.2. Har bir Tomon 15 kun oldin yozma xabar berib shartnomani bekor qilishi mumkin. Bekor qilinganda kutish muddati tugagan balans Mijozga to'liq o'tkaziladi.
7.3. Nizolar muzokara yo'li bilan, kelishilmasa O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sud orqali hal qilinadi.
8. Tomonlarning rekvizitlari
Ijrochi: SDMSYS
SM PAY platformasi
Imzo: ____________________ M.O'.
Mijoz: __________________
STIR: —
JShShIR: —
Hujjat: Pasport —
Manzil: —
Telefon: , email: __________
__________________
Imzo: ____________________ Sana: «____» ______________ 20___ y.