API — umumiy tanishuv
Bu qisqa tanishuv. To'liq hujjat, test kalitlari va namunalar shartnoma tuzilgach kabinetingizda ochiladi.
Ishlash tartibi
- Serveringiz
payments/createorqali to'lov yaratadi vapayment_urloladi. - Xaridor havolani ochadi (yoki kassadagi QR ni skanerlaydi) va Click, Payme, Alif yoki Paynet orqali to'laydi.
- To'lov o'tishi bilan SM PAY serveringizga imzolangan webhook yuboradi — buyurtmani shu xabar bo'yicha yopasiz.
- Pul balansingizga tushadi va 24 soatdan keyin kartangizga yechib olinadi.
Asosiy manzillar
Barcha so'rovlar https://api.smpay.uz ga, JSON formatida yuboriladi.
| POST | /api/v1/payments/create |
To'lov yaratish — havola, QR ma'lumoti va to'lov kodi qaytadi |
| GET | /api/v1/payments/{reference} |
To'lov holatini olish |
| POST | /api/v1/payments/cancel |
To'lanmagan to'lovni bekor qilish |
| POST | /api/v1/payments/refund |
Xaridorga pulni qaytarish |
| GET | /api/v1/balance |
Balans: kutilmoqda va yechish mumkin |
| GET | /api/v1/payouts |
Pul yechish so'rovlari tarixi |
Xavfsizlik
- Har bir so'rov
X-API-Key,X-Timestamp,X-NoncevaX-Signature(HMAC-SHA256) headerlari bilan imzolanadi. - Bir nonce ikki marta qabul qilinmaydi, eski timestamp rad etiladi — so'rovni ushlab qayta yuborib bo'lmaydi.
- Kalitni IP manzillar bilan cheklash, test va live kalitlarini alohida ishlatish mumkin.
- Webhook xabarlari ham imzolanadi — ularni tekshirib qabul qilasiz.
Namuna
# To'lov yaratish POST https://api.smpay.uz/api/v1/payments/create { "amount": 125000, "external_order_id": "2148", "description": "Buyurtma #2148", "return_url": "https://dokoningiz.uz/buyurtma/2148" }
Imzo satrining aniq tarkibi, webhook formati, xato kodlari va tayyor PHP namunalari — kabinetdagi «API hujjatlari» bo'limida.
Kalitlarni olish uchun
Ariza bering — tasdiqlangach kabinetda test va live kalitlarini o'zingiz yaratasiz.